Polina Kudermetova sport fuqaroligini o‘zgartirdi va endi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Rossiyalik tennischi Polina Kudermetova rasman sport fuqaroligini o‘zgartirdi va endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

 

Sportchining yangilangan bayrog‘i Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) rasmiy saytlaridagi profilida aks etgan.

 

Kudermetova WTA reytingida 104-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, o‘z avlodining eng yorqin va istiqbolli tennischilaridan biri hisoblanadi. Karyerasidagi eng yuqori yakkalik reytingi Polina Kudermetova 2025-yil 14-aprelda ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)jahon reytingida 54-o’rinni egalladi. U professional maydonda yakka bahslar bo‘yicha 8 ta ITF, juftlik bahslarida esa yana 2 ta ITF titulini qo‘lga kiritgan. ITF World Tennis Tour turnirlarida muntazam ravishda yuqori natijalar ko‘rsatib keladi.

 

Polina Kudermetova so‘nggi yillarda ITF turining eng tez rivojlanayotgan va eng samarali tennischilaridan biri sanaladi. Uning hisobida ITF turnirlarida jami 10 ta tituli mavjud.

 

2025-yil Polinaning eng yorqin mavsumlaridan biri

1. WTA 500 Brisbane (2025) — finalga chiqish
Polina Brisbane shahridagi WTA 500 turnirida ilk bor finalga chiqdi. Yarim finalda u Anjelina Kalininani 6–4, 6–3 hisobida mag‘lub etib, o‘z karerasidagi eng yirik turnir finaliga yo‘l oldi.

 

2. Darya Kasatkina ustidan g‘alaba (2025)
Xuddi shu turnirda Kudermetova reytingi ancha yuqori bo‘lgan Darya Kasatkinani mag‘lub etdi va shu natija evaziga ilk bor WTA reytingining top-100 taligiga kirdi.

 

3. WTA turnirlarida chorak final va yarim finallar
Kudermetova Seul va Merida kabi WTA turnirlarida bir necha bor chorak final va yarim final bosqichiga qadar yetib borib, yuqori darajadagi o‘sishni namoyish etdi.

 

4. WTA 1000 China Open turniridagi muvaffaqiyat
Pekindagi nufuzli WTA 1000 China Open turnirida Polina 2025-yilda ikkinchi bosqichga chiqdi va Maddison Inglisni 7–5, 7–6(9–7) hisobida mag‘lub etdi — bu Grand Slam turnirlaridan keyingi eng katta musobaqalarda erishilgan muhim natija bo‘ldi.

 

ITF turnirlari — asosiy yutuqlar

WTA turiga o‘tishdan avval Kudermetova bir qator ITF turnirlarining chempioni bo‘lgan:
W50 Indore (2024) — chempion
W40 Astana (2023) — chempion

 

Shuningdek, u quyidagi turnirlarni ham yutgan:
W25 Jerusalem
W25 Istanbul
W25 Raanana
W15 Kazan

 

Bundan avval ham Kazan va Antaliyada unvonlarni qo‘lga kiritib, har xil qoplamalarda — xususan hard va gruntda — barqaror natija ko‘rsatgan.

 

Bu g‘alabalar Polina Kudermetovani yangi avlodning eng kuchli vakillaridan biriga aylantiradi va O‘zbekiston tennisining muhim kuchaytiruvchi omiliga aylandi.

 

Polinaning qarori O‘zbekiston tennisini sezilarli darajada kuchaytirdi. Bu O‘zbekiston sharafini himoya qilishni tanlagan beshinchi tennischi bo‘ldi. Bungacha Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Aleksandra Barmicheva va Layma Vladson sport fuqaroligini o‘zgartirgan edi.

 

Polina Kudermetovaning O‘zbekiston tarkibiga qo‘shilishi — ayollar tennisi rivoji uchun muhim qadam, milliy terma jamoa uchun esa yirik xalqaro startlar oldidan jiddiy kuchayishdir.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati