Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli turnirda ishonchli start oldi

Fransiyada Yevropaning eng nufuzli o‘smirlar turnirlaridan biri Tennis Europe Junior Tour taqvimiga kiritilgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov ishtirok etib, ishonchli va yetuk o‘yin namoyish etmoqda.

 

O‘zbekistonlik tennischi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, turnirning asosiy to‘riga yo‘l oldi. Birinchi davra uchrashuvida Saidaslam Niderlandiya vakili, turnirning ikkinchi raqam ostida saralangan ishtirokchisi Valentin Rudenburg ustidan muhim g‘alabaga erishdi — 7-6, 6-4. Musobaqa favoritlaridan birini mag‘lub etish Farhodovning yuqori tayyorgarligi va jangovar ruhini yaqqol tasdiqladi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati