Saidaslam Farhodov Fransiyadagi turnirdagi ishtirokini yakunladi
O‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov Fransiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson nufuzli turnirida o‘z ishtirokini yakunladi. U Ispaniya vakili Pablo Ximenes Romanga 6–3, 6–4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur nufuzli turnirda ikkinchi bosqichgacha yetib borishi sportchining jiddiy tayyorgarligi va mustahkam iroda kuchiga ega ekanidan dalolat beradi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
