Saidaslam Farhodov Tennis Europe turnirida Ruminiyada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov Buxarest shahrida Tennis Europe shafeligida o‘tkazilgan International Championships of Romania U14 xalqaro turnirining yakkalik bahslarida g‘alaba qozondi.

 

2-toifa musobaqalari 14–22 fevral kunlari Tenis Club Bucuresti kortlarida bo‘lib o‘tdi va keng xalqaro ishtirokchilar tarkibini jamladi. Turnir davomida O‘zbekistonlik tennischi ishonchli o‘yin namoyish etib, finalda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Saidasslam Farhodov bolgariyalik tennischi Aleksander Borisovni 6-3, 6-3 hisobida mag‘lub etdi.

 

2-toifa turnirdagi g‘alaba yosh sportchi uchun muhim natija bo‘lib, Tennis Europe U14 reytingiga muhim ochkolarni olib keldi. Buxarestdagi muvaffaqiyat O‘zbekiston o‘smirlarining yuqori tayyorgarlik darajasi va Yevropa maydonidagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.

 

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati