Sergey Fomin Tailanddagi ATP Challenger turnirining chorak finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Tailandning Nonthaburi shahrida o‘tayotgan ATP Challenger toifasidagi turnirda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, musobaqaning chorak final bosqichiga chiqdi.

 

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 22 yoshli fransiyalik tennischi Rober Bertrandga qarshi bahsda ishonchli o‘yin namoyish etib, 2-0 hisobida (6-3, 6-4) g‘alaba qozondi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv oldidan Bertrand ATP reytingida 302-o‘rinni egallab turgan edi.

 

Yarim final yo‘llanmasi uchun Fomin 30 yoshli chexiyalik tennischi Marek Gengelga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi va mahalliy vakti bilan soat 08:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.