Sergey Fomin Xitoydagi ITF M25 Qian Dao Hu turnirida finalga chiqdi
Xitoyning Qian Dao Hu’da 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha ITF World Tennis Tour M25 toifasidagi turnir davom etmoqda. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 30 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
O‘zbekiston vakili Sergey Fomin (turnirda 4-raqam ostida saralangan) musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik bahslarida finalga yo‘l oldi.
Yarim finalda o‘zbekistonlik tennischi turnirning 1-raqamli raketkasi, xitoylik San Fay Jin ustidan 6:3, 2:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Final bahsi 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Fomin belaruslik tennischi Mikalay Xalyak bilan uchrashadi.
Sergey Fominning ITF M25 turniri finaliga chiqishi o‘zbek tennisi uchun muhim yutuq bo‘lib, uning Osiyo mintaqasining eng kuchli o‘yinchilari orasidagi barqaror pozitsiyasini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
