Tojikistonda o‘zbek tennischilari ATF 14&U Ramis Open turnirida birinchi ikki o‘rinni egalladi.

20–26 sentabr kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yosh tennischilarini jamlagan xalqaro ATF 14&U Ramis Open turniri bo‘lib o‘tdi.
Yakkalik finalda o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘zbekistonlik Milan Zinatullin o‘z vatandoshi Abdulaziz Axatovni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioni bo‘ldi.
Final yo‘lida Milan Zinatullin yarim finalda qozog‘istonlik Artemiy Talkozni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Abdulaziz Axatov esa birinchi raqamli tennischi, qozog‘istonlik Sayan Baxixtkeréulini 6:2, 6:2 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati