Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Generation United tennis turniri muvaffaqiyatli tashkil etildi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Generation United tennis turniri muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Musobaqa sport va biznes vakillarini bir maydonda jamlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda sport diplomatiyasini rivojlantirishga xizmat qildi.
Turnir davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, raqobatbardosh o‘yinlar va haqiqiy sport ruhini namoyish etdilar. Tadbir do‘stona muhitda o‘tib, barcha qatnashchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.
