Toshkentdagi M15 Hayot Bank Cup xalqaro tennis turniri yakuniga yetdi: yorqin gʻalabalar va yangi nomlar.

Turnir o’tkazilgan sana: 19.05.25-25.05.25

Joy: Toshkent, O’zbekiston «Saxovat» sport majmuasi

Bosh sudya: eronlik Sina Ibrohimiyon

Turnir direktori: Bagdasarov Aleksandr Vladimirovich

Turnir tashkilotchisi: Oʻzbekiston tennis federatsiyasi

Bosh hamkor: «Hayot Bank»

Hamkorlar: Pepsi, Montella, M-Exclusive

19-25 may kunlari Toshkentda «Saxovat» sport majmuasi tennis kortlarida Oʻzbekiston, Hindiston, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Italiya, Shveysariya, AQSh, Yaponiya, Niderlandiya, Kanada, Gruziya, Ukraina, Buyuk Britaniya kabi 14 davlatning eng kuchli tennischilarini birlashtirgan «Hayot Bank Cup M-15 erkaklar oʻrtasidagi xalqaro turnir yakunlandi. Musobaqaning sovrin jamg’armasi 15 ming dollarni tashkil etadi. Turnir ITF World TennisTour professional seriyasi doirasida oʻtkazilib, yakkalik va juftlik bahslarini oʻz ichiga oladi. Oʻtgan kunlarda tomoshabinlar qizgʻin oʻyinlarga guvoh boʻldi. ~ ~ ~ Ularda futbolchilar yuqori tayyorgarlik va texnik mahorat koʻrsatdi.

 

Turnirdan koʻzlangan maqsad – tennisni Oʻzbekiston sport madaniyatining ajralmas qismiga aylantirish va uning keng auditoriya orasida mashhurligini oshirishdan iborat.

Mamlakatimizdan iqtidorli sportchilar Maksim Shin, Amir Milushev, Damir Abdusamadov, Botir Sapayev, Suhrob Saidov va Abdulaziz Usmonjonov ishtirok etdi. Maksim Shin juftlik bahslarida gʻalaba qozonib, yakkalik bahslarida chorak finalga chiqib, barqaror oʻyin va yuqori mahorat koʻrsatib, aʼlo natijalarga erishdi. Amir Milushev ham juftliklar bahsida oʻzini namoyon etib, yarim finalga ishonchli etib, kuchli raqiblarini ortda qoldirdi. Damir Abdusamadov yakkalik bahslarida ikkinchi bosqichga muvaffaqiyatli chiqdi. Qolgan ishtirokchilar – Botir Sapayev, Suhrob Saidov va Abdulaziz Usmonjonov ham har bir oʻyinga professional yondashuv va kuch-qudrat namoyish etib, Oʻzbekistonni munosib himoya qildi.

 

Turnirning eng yorqin va ajoyib jihatlaridan biri juftlik bahslari finali boʻldi. Dramatik bahsda Maksim Shin (Oʻzbekiston) va Lorenso Lorusso (Italiya) hindistonlik Eqbal Ishaque va Sinha Nitin Kumarni magʻlubiyatga uchratdi.

 

O’yin 6-4, 6-7 (6), [10-6] hisoblari bilan yakunlandi, o’yin natijasi hal qiluvchi setda aniqlandi, bu esa o’yinchilarga ham, tomoshabinlarga ham yanada ko’proq his-tuyg’u va stress qo’shdi. SHin va Lorusso jamoaviy o’yin orqali juftlik chempioni bo’lishdi. Oʻzbekistonlik tennischi Maksim Shin uchun bu professional faoliyatidagi birinchi juftlik sovrinidir.

Final yakkalik bahsida Birinchi raqamli tennischi Karan Singx (Hindiston) va Toʻrtinchi raqamli tennischi Rento Tokuda (Yaponiya) toʻqnash keldi. Uchrashuv juda qizgʻin kechdi, har ikki tomon yuqori darajadagi oʻyin va soʻnggi toʻpgacha kurashni namoyish etdi. Oʻyinning yakuniy hisobi 6-7 (6), 6-1, 6-1 hisobida Rento Tokuda foydasiga hal boʻldi. Rentoning so’zlariga ko’ra, bu uning bu yilgi birinchi g’alabasi.

 

Gʻolib va finalchilarni taqdirlash marosimi 24 va 25 may kunlari boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar esdalik sovgʻalari, sheriklarning sovgʻalari va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻldi. Final kunlari chinakam bayramona, sportchilarning his-tuygʻulari esa samimiy va esda qolarli boʻldi.

 

26 may kuni shu seriyadagi navbatdagi turnir – ikkinchi M15 Hayot Bank Cup boshlandi. ~ ~ ~ Unda avvalgi turnir ishtirokchilari ham, yangi sportchilar ham ishtirok etmoqda. Ular orasida birinchi raqamli tennischi Denis Istomin va Sergey Fomin bor.

 

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi barcha sport ixlosmandlarini «Saxovat» tribunasiga tashrif buyurib, yangi va yorqin oʻyinlarga guvoh boʻlishga taklif etadi.