Vladson gruziyalik tennischini mag‘lub etib, ITF W35 Antaliya turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi

O‘zbekiston vakilasi Layma Vladson Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan ITF W35 turkumidagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi.

 

Birinchi davra uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi gruziyalik sportchi Sofiya Shapatavani 6-4, 6-0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

 

Vladson uchrashuv davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildi va ikkinchi setda raqibasiga umuman imkon qoldirmadi.

 

Turnirning ikkinchi bosqichida Layma italiyalik tennischi Jennifer Rudjeri bilan kortga chiqadi.

 

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati