Yosh tennischilarimiz Dushanbeda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Yosh tennischilarimiz Dushanbeda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Tojikiston poytaxtida o‘tkazilgan ATF Dushanbe 14&U Category 2 turnirida O‘zbekiston vakillari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Yakkalik bahslarida Mari Troshkova uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda Qozog‘iston vakili Yuna Dektyarni 4/2, 4/2 hisobida mag‘lub etdi.
Juftlik bahslarida Milana Zaxarova rossiyalik Sofiya Xammelreyx bilan birgalikda turnir g‘olibiga aylandi. Ular finalda Qozog‘iston vakillari Vlada Dektyar va Yuna Dektyar juftligini 6/3, 3/6, 10/3 hisobida mag‘lub etishdi.
Tennischilarimizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz! 🇺🇿
