Farg‘onada o‘zbekistonlik yosh tennischilarning muvaffaqiyatli haftalari

Farg‘onada o‘zbekistonlik yosh tennischilarning muvaffaqiyatli haftalari!

27-iyuldan 1-avgustga qadar Farg‘onada ITF World Tennis Tour Juniors doirasidagi J60 Fergana turniri bo‘lib o‘tdi.

Yakkalik bahslarida vakillarimiz ikkala yo‘nalishda ham chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Akmal Abdullayev o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘olib chiqdi. Finalda u hamyurtimiz Danila Kvasovni 3:6, 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Nigina Alimova esa qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida chempion bo‘ldi. Finalda u Daria Podsypaninani 4:6, 6:3, 6:2 hisobida yengdi.

J60 turnirining juftlik bahslarida ham vakilimiz sovrinsiz qolmadi — 🇺🇿 Abdurahmon Karimov 🇹🇯 Somon Amonov bilan birgalikda o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Keyingi hafta, 3–8 avgust kunlari, Farg‘onada yuqoriroq toifadagi J100 Fergana turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida 🇺🇿 Makhmudbek Beknazarov / Danila Kvasov tandemi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar juftlik bahslarida esa 🇺🇿 Nigina Alimova 🇷🇺 Vasilisa Marchenko bilan birgalikda turnir g‘olibasiga aylandi.

Bugun, 10-avgust kuni, Farg‘onada navbatdagi J100 turniri haftasi start oladi.

🇺🇿 Barcha yosh tennischilarimizga yangi turnirda omad, yorqin g‘alabalar va yuqori natijalar tilaymiz!