Mustaqillikning 35 yilligiga Kamilla Rahimovadan tarixiy sovg‘a
Mustaqillikning 35 yilligiga Kamilla Rahimovadan tarixiy sovg‘a!
O‘zbekistonning birinchi raketkasi US Open turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi va 15 yil ichida bu natijaga erishgan ilk o‘zbekistonlik tennischiga aylandi.
Kamilla O‘zbekiston tennis tarixida US Open yakkalik bahslarining uchinchi bosqichiga chiqqan ikkinchi tennischidir. Avvalroq, 2011-yilda Akgul Amanmuradova ushbu bosqichda ishtirok etgan edi.
Endi Rahimovani dunyoning birinchi raketkasi va US Open’ning ikki karra amaldagi chempioni Arina Sobolenkaga qarshi katta bahs kutmoqda.
Kamilla Rahimova va Arina Sobolenka o‘rtasidagi uchrashuv 4-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahsning aniq boshlanish vaqti keyinroq ma’lum qilinadi.
Bu natija Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘zbek tennisi muxlislariga tarixiy sovg‘a bo‘ldi. Kamilla, butun O‘zbekiston sen bilan!
