O‘zbekiston tennisida yangi bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 21-sentabr kuni “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–347-son qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror mamlakatimizda tennisni yangi bosqichga olib chiqish, uning ommaviyligini oshirish, yosh iqtidorlarni aniqlash va professional sportchilarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, 2030-yilga qadar:
🎾 tennis bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 3 000 nafarga yetkazish;
🎾 tennis bo‘yicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish;
🎾 O‘zbekiston tennisini Osiyoning TOP-5 taligiga olib kirish;
🎾 mamlakatimizda ATP, WTA va ITF shafeligidagi xalqaro turnirlarni muntazam o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2027-yildan boshlab umumta’lim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy etilib, bolalarni ilk yoshdan tennisga jalb qilish, maktablarda tennis seksiyalarini tashkil etish va zarur sport infratuzilmasini yaratish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston tennisining xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarini safarbar etadi.
Bu — O‘zbekiston tennisining kelajagi sari muhim qadam!
