Live Stream Tennis

9-may – Xotira va qadrlash kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni

Bugun biz Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat bilan yodga olamiz. Ularning jasorati, sabr-toqati va matonati har birimiz uchun ibrat maktabidir.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi ushbu qutlug‘ kunda barcha faxriylarimizga sihat-salomatlik, xonadonlarga tinchlik va farovonlik tilaydi. Xotira abadiy, ehtirom esa muqaddasdir.