Abdurahmon Karimov ITF J30 Manama turnirida finalist bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Abdurahmon Karimov Bahraynda o‘tayotgan ITF J30 Manama xalqaro yuniorlar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchimiz yakka bahslar bo‘yicha finalga qadar yetib borib, butun musobaqa davomida barqaror o‘yin namoyish qildi.

 

Yarim finalda Karimov Misr vakili Ahmad Ibrohim ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 6–1, 4–6, 6–1 va hal qiluvchi setda kuchli xarakter ko‘rsatdi.

 

Final uchrashuvida Abdurahmon turnirning kutilmagan yorqin ishtirokchisi, Iordaniyalik Malak El-Kurnehga qarshi kortga chiqdi. Keskin kurashda sportchimiz 1–6, 1–6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

 

J30 Manama turniri finaliga chiqish — yosh tennischi uchun muhim natija va O‘zbekiston yuniorlari tayyorgarligining yuqori darajadagi yana bir isbotidir.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati