Live Stream Tennis

Bugun O‘zbekiston Tennis Tederatsiyasida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi B. Rahimov raisligida mamlakatda tennisni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilish ochiq va prinsipial ruhda o‘tdi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar ko‘rib chiqildi hamda qator yo‘nalishlar bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. Federatsiya raisi asosiy masalalarni shaxsan ko‘tardi va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

 

Alohida e’tibor hududlarda tennisni rivojlantirishga qaratildi – mamlakat bo‘ylab sportchilarga teng sharoit yaratish, joylarda ishni kuchaytirish va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, murabbiylar faoliyati sifati masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy metodikalarni joriy etish va sportchilar tayyorlashda mas’uliyatni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, aniq vazifalar belgilandi va ularning ijrosi ustidan nazorat kuchaytirildi.

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi tennisni barcha darajalarda – hududlardan tortib xalqaro maydongacha – izchil rivojlantirish ishlarini davom ettiradi.