E’lon!

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi hakamlar seminarini oʻtkazmoqda. ~ ~ ~ Bu trenerlar, tennischilar va tennis ixlosmandlari uchun oʻz malakasini oshirish, yangi uslublar bilan tanishish va tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyatdir. Mazkur seminar xalqaro toifadagi professional hakam bilan nazariy qism va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Seminar yakunlangach, barcha talabalarga Oʻzbekiston tennis federatsiyasi va ITF xalqaro federatsiyasi tomonidan kursni oʻtaganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi. Seminar davomida yaxshi natijalar koʻrsatgan talabalar Oʻzbekiston tennis federatsiyasi tomonidan milliy va xalqaro turnirlarda amaliyot oʻtash va takomillashtirish uchun taklif etiladi. Seminar oʻtkaziladigan joy va sana: Toshkent shahri, Saxovat sport majmuasi (Yunusobod korti) 6-8 iyun kunlari. Arizani topshirishning oxirgi muddati – 2 iyun.
Seminarda ishtirok etish uchun arizalar +998903273210 Ruslan Tursunovga telegrammalar orqali yuborilsin.