Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tkazilgan ITF M15 turniri g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Kuvaytda bo‘lib o‘tgan ITF M15 Zahra xalqaro turnirida g‘alaba qozonib, yakkalik bahslarida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.

 

Final uchrashuvida Sultonov ishonchli o‘yin namoyish etdi va Shveysariya vakili Luka Shtayxeli ustidan yuqori tayyorgarlik, barqarorlik hamda jangovar ruhni ko‘rsatgan holda g‘alaba qozondi. O‘yin hisobi — 6–4, 6–2.

 

Zahradagi g‘alaba o‘zbekistonlik sportchi uchun muhim natija bo‘ldi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati