O‘zbekiston qizlar terma jamoasi ITF World Junior Tennis Competition (WJTC) Asia/Oceania Final Qualifying turnirida ishtirok etdi.
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Malayziyaning Kuching shahrida o‘tkazilgan ITF World Junior Tennis Competition (WJTC) Asia/Oceania Final Qualifying turnirida ishtirok etdi.
Musobaqa davomida jamoamiz kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi. Guruh bosqichida qizlarimiz Yaponiya, Koreya va Gonkong jamoalariga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi.
Keyingi uchrashuvlarda esa jamoamiz Xitoy Taypeyi, Vyetnam va Indoneziya terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, yakunda 9-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu turnirda qizlarimiz 15-o‘rinni qayd etgandi. Bu yilgi natija jamoaning sezilarli o‘sishini ko‘rsatadi.
Qizlarimizni natija bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda omad tilaymiz!
