O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar ITF J100 Almaty turniri chempioni

O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar ITF J100 Almaty turniri chempioni!

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan ITF J100 Almaty xalqaro o‘smirlar turnirida O‘zbekiston vakillari Maxmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Final uchrashuvida hamyurtlarimiz Rossiya vakillari Saveli Razanau va Ivan Samstyka juftligini 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylanishdi.

Maxmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga xalqaro maydonda yangi zafarlar tilaymiz!