Polina Kudermetova Kanberradagi turnir finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Avstraliyaning Kanberra shahrida o‘tayotgan Workday Canberra International turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, barqaror va ishonchli o‘yini evaziga musobaqa finaliga chiqdi.

 

Hal qiluvchi uchrashuvga qadar Kudermetova qator muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. 1/8 final bosqichida u serbiyalik Lola Radivoyevichni 6-3, 7-6 (1) hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Polina Xitoy vakilasi Yue Yuan ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 6-1, 6-0. Yarim finalda esa keskin kechgan bahsda yaponiyalik Haruka Sakatsumeni ikki setda taslim etdi 7-5, 6-2 hisobi bilan.

 

Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, biroq Xitoy Taypeyi vakilasi Joanna Garlandga 6-4, 6-2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati