Yangiliklar
O‘zbekiston vakilasi Kamilla Rahimova AQShning Texas shtatida o‘tayotgan WTA 250 toifasidagi ATX Open turnirida muvaffaqiyatli start oldi. Birinchi davra uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi musobaqaning oltinchi raqam ostida saralangan vakili vengriyalik Anna Bondarni 6-3, 7-5 hisobida ishonchli mag‘lub etdi. Rahimova barqaror o‘yin namoyish etdi, muhim pallalarda imkoniyatlardan unumli foydalandi va uchrashuvni ikki setda yakunlab, yuqori […]
O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva Meksikaning Yukatan shtati Merida shahrida o‘tayotgan WTA 500 toifasidagi turnirning asosiy to‘riga chiqdi. Mariya asosiy to‘rga chiqish uchun hal qiluvchi bahsda g‘alaba qozondi. U yana bir argentinalik tennischi Mariya Lourdes Karleni ikki setda bir xil hisobda mag‘lub etdi — 6-3, 6-3. Asosiy to‘rning birinchi davrasida Mariya Timofeyeva polshalik tennischi […]
O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov Buxarest shahrida Tennis Europe shafeligida o‘tkazilgan International Championships of Romania U14 xalqaro turnirining yakkalik bahslarida g‘alaba qozondi. 2-toifa musobaqalari 14–22 fevral kunlari Tenis Club Bucuresti kortlarida bo‘lib o‘tdi va keng xalqaro ishtirokchilar tarkibini jamladi. Turnir davomida O‘zbekistonlik tennischi ishonchli o‘yin namoyish etib, finalda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Saidasslam […]
Meksikaning Yukatan shtatidagi Merida shahri tennis bo‘yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda. Maria Timofeeva musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etmoqda. Timofeeva saralashning yarim finalida argentinalik Martina Taborda Kapurroga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat olti daqiqa davom etgan uchrashuvda Maria raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etdi — 6-4, 6-1. Bugun saralash turnirida oltinchi raqam […]
O‘zbekistonlik tennischilar Akmal Abdullayev va Makhmudbek Beknazarov ITF Juniors seriyasining nufuzli xalqaro turnirlari J200 Nonthaburi va J300 Nonthaburi musobaqalarida ishtirok etish uchun Tailandga yo‘l olishdi. Musobaqalar Nontxaburi shahrida bo‘lib o‘tadi va ITF o‘smirlar taqvimidagi yuqori toifadagi turnirlar qatoriga kiradi. Ushbu turnirlarda muhim reyting ochkolari o‘ynaladi. J200 va J300 darajasidagi musobaqalarda qatnashish yosh tennischilarga jahon […]
O‘zbekiston vakilasi Layma Vladson Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan ITF W35 turkumidagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi. Birinchi davra uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi gruziyalik sportchi Sofiya Shapatavani 6-4, 6-0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Vladson uchrashuv davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildi va ikkinchi setda raqibasiga umuman imkon qoldirmadi. Turnirning ikkinchi bosqichida Layma italiyalik tennischi Jennifer […]
O‘zbekistonlik tennischilar Kamron Xalilov va Abdulaziz Axatov 6–10-fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan xalqaro Rackets Academy Dubai Junior Open 1 (JWTS) turnirining g‘olibiga aylandi. U10 toifasida Kamron Xalilov turnirni ishonchli o‘tkazdi va finalda BAA vakili Jad Uajanni 6-2, 6-3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi bahslarda Abdulaziz Axatov ham […]
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tennis bo‘yicha Devis kubogi Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasida Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahsni yakunladi. Uchrashuv 7–8-fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yin kunidan so‘ng hisob teng — 1:1 edi, biroq ikkinchi kuni mezbon jamoa hal qiluvchi ustunlikka erishib, qarama-qarshilikni o‘z foydasiga yakunladi. Yakuniy hisob — Nigeriya foydasiga […]
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ayni kunlarda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar 7–8-fevral kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Pley-off bosqichining birinchi o‘yin kunida Abdulaziz Usmonjonov g‘alabaga juda yaqin keldi, biroq Daniyel Adeleye ga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv hisobi — 6–4, 2–6, 6–4. Birinchi o‘yin kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Nigeriya […]
O‘zbekiston vakilasi Keyra Kim yana xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Nepaldagi ITF J60 Kathmandu turnirining ketma-ket ikkinchi bor finalchisiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik tennischi Janubiy Koreya vakilasi Sohyon Kimga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set keskin kurashlar ostida o‘tdi va Keyra Kim 5–7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng raqiba ikkinchi setda ham ustunlikni […]
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hozirda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda. Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasidagi birinchi o‘yin kunida Humoyun Sultonov raqibi Kanis Abua ustidan 6-3, 6-4 hisobida yorqin g‘alabaga erishdi. Devis kubogi — erkaklar tennisi bo‘yicha eng yirik xalqaro jamoaviy musobaqa hisoblanadi. U 1900-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi, […]
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova ispaniyalik Sara Sorribes Tormo bilan juftlikda Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tkazilgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘alaba qozondi. Final uchrashuvida Raximova va Sorribes Tormo Xitoy vakillari Sin’yuy Van hamda Saisay Chjen juftligiga qarshi kortga chiqib, ikki setda zafar quchdi. Birinchi set tay-brekda 7-6 (9-7) hisobida yakunlandi, ikkinchi setda esa o‘zbek-ispan dueti […]
