Yangiliklar
Özbekiston erkaklar terma jamoasi Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida ötayotgan Davis Cup III Osiyo/Okeaniya guruhi musobaqasini ğalaba bilan boşladi Guruh bosqiçining ilk uçraşuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Bill Çanni 6:4, 7:6(5) hisobida mağlub etdi. Amir Miluşev esa Jaden Dewandakaga 6:7(3), 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Juftlik bahsida Damir Abdusamadov […]
Nikita Gafurov Tojikistonning Duşanbe şahrida bölib ötgan ITF World Tennis Tour Juniors J30 musobaqasining juftlik bahslarida ğolib böldi. Qirğizistonlik Atai Aseinov bilan birgalikda Nikita finalda pokistonlik raqiblarini 6:2, 7:6 hisobida mağlub etib, çempionlikni qölga kiritdi. Nikita Gafurovni uşbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va yangi ğalabalar tilaymiz!
Akmal Abdullayev Gruziyaning Telavi shahrida o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J60 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Tennischimiz yakkalik va juftlik bahslarida finalga qadar yetib borib, ikki karra kumush medal sovrindoriga aylandi. Akmal Abdullayevni ushbu natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
Saidaslam Farxodov Wimbledon U14 turnirida ishtirokini davom ettirmoqda Buyuk Britaniyada davom etayotgan Wimbledon 14&Under turnirida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidaslam Farxodov guruh bosqichini yakunladi. Hamyurtimiz D guruhida uchta uchrashuv oʻtkazib, ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat qayd etdi hamda guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi. Guruh bosqichida Farxodov Xitoy vakili Li Yanruni 6/4, 2/6, 10:8 hisobida, Buyuk Britaniya […]
Margarita Xusanova Shveysariyadagi nufuzli U14 turnirida finalga chiqdi! O‘zbekistonlik yosh tennischi Margarita Xusanova Shveysariyaning Montreux shahrida bo‘lib o‘tgan Tennis Europe Junior Tour U14 turnirida ajoyib natija qayd etdi. Ushbu musobaqa 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro turnirlardan biri hisoblanadi. Unda Shveysariya hamda Yevropaning turli davlatlaridan kelgan kuchli va istiqbolli junior tennischilar ishtirok etishdi. Bunday […]
Mariya Timofeyeva sobiq dunyoning 10-raqamini mag‘lub etdi O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeyeva Uimbldon-2026 turnirining birinchi bosqichida Braziliyaning tajribali tennischisi Beatriz Haddad Maiani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Bu g‘alaba Mariya uchun faoliyatidagi eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo‘ldi. Uning raqibasi Beatriz Haddad Maia sobiq dunyoning 10-raqamli tennischisi, Braziliya tarixida WTA reytingining […]
Kamilla Rahimova Uimbldonda irodali g‘alabaga erishdi O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining birinchi bosqichida dunyoning 66-raketkasi, ukrainalik Anna Kalinina ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning birinchi setida Kamilla 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, keyingi ikki setda ajoyib o‘yin namoyish etib, 6:4 va 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba evaziga Kamilla […]
Humoyun Sultonov Zagrebda chempion bo‘ldi! O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Xorvatiyada o‘tkazilgan ITF M25 Zagreb turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz musobaqa davomida kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Chorak finalda u turnirning 4-raqamli saralangan tennischisi, avstriyalik Sandru Korger ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda esa Humoyun turnirning 1-raqamli saralangan tennischisi, Shimoliy Makedoniya vakili Oleg Prixodkoni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub […]
O‘zbekistonlik juftlik Qozog‘istonda chempion! Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan ITF J100 Almaty Open – 2 turnirida O‘zbekiston vakillari Akmal Abdullayev va Danila Kvasov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida hamyurtlarimiz musobaqaning birinchi raqamli juftligi — rossiyalik Aleksey Frolov va Aleksandr Kunitsynni ishonchli tarzda 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Mazkur g‘alaba yosh […]
O‘zbekistonning uch nafar tennischisi Wimbledon asosiy to‘rida ishtirok etadi! Joriy yilda Wimbledon turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari asosiy to‘rida O‘zbekiston sharafini uch nafar tennischi himoya qiladi. Kamilla Raximova reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rga yo‘l oldi. Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva esa saralash bosqichida ketma-ket uchta g‘alaba qozonib, asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston ayollar […]
O‘zbekistonlik tennischilar Uimbldon bahslarini boshlaydi Buyuk Britaniyada mavsumning uchinchi «Katta Dubulg‘a» turniri – Uimbldon bahslari start olmoqda. Ayollar o‘rtasidagi saralash musobaqasida O‘zbekiston sharafini Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova himoya qiladi. Mariya Timofeyeva saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lsa, Polina Kudermetova ham asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Shuningdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Raximova […]
O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar ITF J100 Almaty turniri chempioni! Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan ITF J100 Almaty xalqaro o‘smirlar turnirida O‘zbekiston vakillari Maxmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida hamyurtlarimiz Rossiya vakillari Saveli Razanau va Ivan Samstyka juftligini 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylanishdi. Maxmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedovni ushbu […]
