Yangiliklar
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida o‘tayotgan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida yorqin o‘yin namoyish etmoqda. U turnirning ikkinchi raqam ostida tasniflangan Xorvatiyalik Ana Rujichni mag‘lub etib, joriy mavsumda ilk bor WTA 125 darajasidagi turnir finaliga yo‘l oldi. Keskin kechgan yarim final uchrashuvida Rahimova kuchli xarakter va yuqori saviyadagi o‘yinini namoyon […]
O‘zbekistonlik yosh tennischi Mumtozabegim Akramova 29 noyabr – 6 dekabr kunlari Doha shahrida o‘tayotgan 4th Qatar Asian Junior 14 & Under turnirida (ATF) muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Yakka bahs — chorak final Mumtozabegim turnirni ishonchli boshladi va yuqori darajadagi o‘yinini namoyish etdi. U musobaqaning bir uchrashuvida Niderlandiya vakili Ayris Benni 6–1, 6–0 hisobida mag‘lub etib, […]
O‘zbekistoning yosh tennischisi Aleksandra Barmicheva Buyuk Britaniyada o‘tayotgan ITF J100 Loughborough xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishni davom ettirmoqda. Sportchimiz yakka bahslarda yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Chorak finalda uchinchi raqam ostida saralangan tennischi sifatida qatnashayotgan Barmicheva britaniyalik Sofiya Kristodulouni (Buyuk Britaniya, 8 raqam ostida saralangan) 6-3, 6-4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barqaror o‘yin, yuqori bosim […]
O‘zbekiston terma jamoasi tennischisi Kamilla Raximova Fransiyada o‘tayotgan WTA 125 Angers turnirida ishonchli o‘yinlarini davom ettirmoqda. Kecha u ikkinchi bosqichdagi uchrashuvda g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 1/8 final bahsida Raximova Polsha vakili Laura Klimovitsovani 6–0, 6–7(5), 6–3 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv yuqori darajada kurashga boy bo‘ldi: birinchi setda Kamilla to‘liq ustunlikka […]
O‘zbekistonning yosh tennischisi Mumtozabegim Akramova 22–29 noyabr 2025-yilda Doha (Qatar) shahrida bo‘lib o‘tgan ATF 3rd Qatar Asian Junior toifasidagi 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi 2-kategoriyali turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchimiz juftlik bahslarida birinchi o’rinni qo‘lga kiritdi va yakka bahslarda kuchlilar qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Juftlik bahslari — chempionlik unvoni Mumtozabegim Akramova juftlik bahslarida turnir […]
Bugun Toshkentda ATF Performance Tennis uch kunlik seminari boshlandi. Tadbir O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan Osiyo tennis federatsiyasi (ATF) bilan hamkorlikda Young Tennis Stars (YTS) dasturi doirasida, Respublika tennis maktabi Olimpiya zaxiralari (ROZTM) ko‘magida tashkil etilgan. O‘quv jarayoni 2025-yil 28–30-noyabr kunlari “Umid” sport majmuasida o‘tkazilmoqda. Seminarda mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok […]
WTA reytingida 109-o‘rinni egallab turgan professional tennischi Kamilla Rahimova endilikda xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi. Kamilla Rahimova kim? 24 yoshli Kamilla Rahimova 2001-yil 28-avgust kuni Yekaterinburgda tug‘ilgan. Kamilaning oilasi O‘zbekiston bilan bog‘liq: uning onasi Rufina Rahimova (turmushga chiqishdan oldingi familiyasi Yalalova) yoshligida o‘z yosh toifasida eng kuchli tennischilar qatoriga kirgan va O‘zbekiston […]
Andijonda 2025-yil 17–22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan xalqaro yoshlar turniri yakuniga yetdi. Musobaqa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Hindiston, Isroil, Ukraina va Qirg‘izistondan kelgan o‘yinchilarni birlashtirdi. Yakka bahs — o‘g‘il bolalar Rossiyalik Aleksey Ilin turnir chempioni bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda u o‘zbekistonlik […]
O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi Asian Tennis Federation (ATF) va Respublika Olimpiya Zaxiralari Tennis Maktabi bilan hamkorlikda 2025-yil 28–30-noyabr kunlari Toshkent shahrida yosh tennischilarni rivojlantirishga qaratilgan Young Tennis Stars (YTS) dasturi doirasida ATF Performance Tennis uch kunlik seminarini o‘tkazadi. Tadbirning maqsadi — 7–10 yoshli bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar, koordinatorlar va pedagoglarning malakasini oshirishdir. Ishtirokchilar zamonaviy xalqaro o‘qitish […]
2025-yil 16–19-noyabr kunlari Toshkent shahrida «Yosh tennischilarni rivojlantirish» mavzusidagi ITF qo‘shimcha seminari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tomonidan ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri Amir Borgheyning ishchi tashrifi doirasida tashkil etildi. Seminarda Toshkent, Andijon, Buxoro, Namangan va Gulistondan 30 nafardan ortiq murabbiylar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning keng geografiyasi yoshlar tennisiga oid xalqaro […]
Bahrayn poytaxti Manamada M25 toifasidagi tennis turniri yakunlandi. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Yurtimizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida polyalik Olaf Pyeshkovski ga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 35 daqiqa davom etgan dramatik finalda Fomin ta’sirli kambek amalga oshirdi. Birinchi setni 1–6 hisobida boy berganiga qaramay, sportchimiz […]
Andijonda 2025-yil 10–15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan xalqaro yoshlar turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) homiyligida O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, Belarus, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ukraina va Rossiyadan kelgan kuchli yosh tennischilar ishtirok etdi. Yakkalik yigitlar O‘zbekiston vakili Abdurahmon Karimov […]
