Yangiliklar
2025-yil 20-oktabrdan 2-noyabrgacha O‘zbekiston poytaxtida ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turnirlarining ikkita bosqichi ketma-ket o‘tkaziladi. Musobaqalar Olimpiya shaharchasi kortlarida bo‘lib o‘tadi. Birinchi turnir 20–26-oktabr, ikkinchisi esa 27-oktabr – 2-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Har bir turnirning mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Toshkentga 17 ta mamlakatdan — O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya, Belarus, […]
6–12 oktyabr 2025-yil kunlari Boku shahridagi Bakinskiy Tennis Akademiyasi (Ozarbayjon) kortlarida Tennis Europe Junior Tour — Autumn Cup xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa 3-toifa (kategoriya 3) darajasidagi turnir bo‘lib, unda Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlaridan 163 nafar yosh tennischi ishtirok etdi. Juftlik bahslari (BD14) 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida O‘zbekiston vakili […]
O‘zbekiston tennis federatsiyasi tennis faxriysi, murabbiy va sport ishqibozi Nikolay Nikolaevich Shutovni 85 yoshlik yubileyi bilan chin dildan tabriklaydi. U o‘z hayotining oltmish yildan ortig‘ini mamlakatimizda tennis sportining rivojiga bag‘ishlagan. Uning hayot yo‘li — bu sportga sadoqat, fidoyilik va sevimli ishiga mehr bilan xizmat qilishning yorqin namunasi. 1960-yillarning boshidan boshlab Nikolay Nikolaevich o‘zbek tennisi shakllanishining […]
6–12 oktyabr 2025-yillar oralig‘ida Farg‘ona shahrida ITF World Tennis Tour Juniors — J200 Fergana HAYOT BANK CUP xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 10 dan ortiq davlatdan kelgan eng kuchli yosh tennischilarni bir joyga to‘pladi. Turnir Markaziy Osiyodagi ITF yoshlar taqvimi doirasidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, ishtirokchilarga muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish va jahon reytingidagi o‘rnini […]
29 sentabrdan 5 oktyabrgacha Farg‘ona shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli yosh tennischilar ishtirokidagi ITF World Tennis Tour Juniors — J100 Fergana HAYOT BANK CUP xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Isroil, Chexiya, Tojikiston, AQSh, Vengriya, Ukraina va Moldova kabi 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Turnir Xalqaro Tennis Federatsiyasi (ITF)ning […]
29 sentabrdan 5 oktyabrgacha Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Boku Tennis Akademiyasi kortlarida 14 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli yosh tennischilar ishtirokida Tennis Europe Junior Tour – Remembrance Day (3-toifa) xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Saidislam Farhodov musobaqada ishonchli o‘yin namoyish etib, BS14 yakkalik yo‘nalishida finalga chiqdi. Finalgacha bo‘lgan yo‘lda u quyidagi raqiblarini mag‘lub etdi: • Aleksandr […]
20–26 sentabr kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yosh tennischilarini jamlagan xalqaro ATF 14&U Ramis Open turniri bo‘lib o‘tdi. Yakkalik finalda o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘zbekistonlik Milan Zinatullin o‘z vatandoshi Abdulaziz Axatovni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioni bo‘ldi. Final yo‘lida Milan Zinatullin yarim finalda qozog‘istonlik Artemiy Talkozni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Abdulaziz Axatov esa […]
23–26 sentabr kunlari Namangan shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng kuchli yosh tennischilarini jamlagan xalqaro ATF 14&U Andijan turniri bo‘lib o‘tdi. Yakkalik finallari • O‘g‘il bolalar orasida Saidaslom Farhodov Azamjon Ziyatovni 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. • Qizlar orasida Mumtozbegim Akramova Yuliana Ennni 6:1, 6:2 hisobida yengdi. Juftlik finallari • O‘g‘il bolalar orasida O‘zbekiston […]
Ikki hafta davomida Dushanbeda o‘zbekistonlik yosh tennischilar xalqaro maydonda yorqin o‘yin namoyish etdilar. 14 yoshli Zlata Nizamiyeva ketma-ket ikki turnirda “oltin dubl”ni amalga oshirib, to‘rt marta chempion bo‘ldi. Dong Kim esa ikki marta yakka bahslar finaliga chiqdi va juftlikda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Zlata Nizamiyeva — ikki haftada to‘rt titul ATF Ramis Cup G-2 turniri 8–12-sentabr […]
Filippinda qit’aning eng kuchli yosh o‘yinchilarini jamlagan nufuzli GSPDP Asian 14&U Junior Championships 2025 turniri yakunlandi. Musobaqada O‘zbekiston vakillari ham qatnashdi. O‘zbekistondan Muslima Turdimurodova va Tailanddan Pavenun Nualsri juftlik finaliga chiqishdi va Janubiy Koreyadan Seoheyon Kim va Tae Kim duetiga qarshi uchrashuvda 6:4, 4:2 hisobida oldinda borishar edi. Final uchrashuvi ob-havo sharoiti — yomg‘ir sababli […]
Andijon shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha ATF 14&Under yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnirining hal qiluvchi final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yakkalik final bellashuvlari sarhisobiga ko’ra qizlar o‘rtasida Ailin Bakieva Mumtozabegim Akramovani 6-4, 6-3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Juftliklar o’rtasida kechgan musobaqada qzlar bahsida Mumtozabegim Akramova,Yuliana Yen bilan birgalikda Ekaterina Fomina va Laylo Tuxtamisheva duetini 6-2, 6-1 […]
8–13 sentabr kunlari Karshida O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo‘lgan yosh tennischilari kortga tushishdi. Turnir sportchilarning xalqaro startlarga tayyorgarligida muhim bosqich bo‘lib, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi yakka hamda juftlik bahslarida eng kuchlilarni aniqladi. Yakka bahs g‘oliblari • Qizlar U11 (GGS 11): Eva-Rozali Gorsheneva — Safarova Evilinani 7:5, […]
