Yangiliklar

04.10.2026 Aleksandra Barmicheva – J200 Istanbul turniri chempioni

Aleksandra Barmicheva — J200 Istanbul turniri chempioni! 🏆🇺🇿 O‘zbekiston vakili Aleksandra Barmicheva Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli ITF World Tennis Tour Juniors J200 turnirining yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi! Turnir davomida Aleksandra kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Ayniqsa, chorak finalda musobaqaning 1-raqamli saralangan tennischisi, jahon o‘smirlar reytingida 83-o‘rinda borayotgan turkiyalik Ayşe Bal ustidan 3:6, 6:3, […]

Batafsil
02.10.2026 Saidaslam Farxodov – U14 Osiyo chempionati finalchisi

Saidaslam Farxodov – U14 Osiyo chempionati finalchisi! O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farxodov Tailandning Nontxaburi shahrida o‘tkazilgan GSPDP Asian 14U Junior Championships 2026 musobaqasining juftlik bahslarida finalga qadar yetib bordi. Mazkur nufuzli musobaqa 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib, ATF tizimida eng yuqori — A+ toifasiga ega. Saidaslam suriyalik Muhamad Eyad Saleem bilan tandemda […]

Batafsil
02.10.2026 Humoyun Sultonov – Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi

🇺🇿 🥉 Humoyun Sultonov – Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi! O‘zbekiston terma jamoasi vakili Humoyun Sultonov Aichi-Nagoya 2026 XX Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarini bronza medali bilan yakunladi! Yarim finalda hamyurtimiz Gonkong vakili Coleman Wongga qarshi munosib kurash olib bordi – 6:3, 3:6, 2:6. Humoyun, bu natija ortida katta mehnat, matonat va Vatan sharafini […]

Batafsil
01.10.2026 HUMOYUN SULTONOV – OSIYO O‘YINLARI MEDALI KAFOLATLANDI

⚡️🇺🇿 HUMOYUN SULTONOV – OSIYO O‘YINLARI MEDALI KAFOLATLANDI! O‘zbekiston terma jamoasi vakili Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Xitoy Taypeyi vakili Chun-Hsin Tseng ustidan 7:6 (8–6), 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi! Ushbu g‘alaba bilan Humoyun O‘zbekiston uchun kamida bronza medalini kafolatladi! Ammo kurash davom etadi — endi oldinda final yo‘llanmasi uchun bahs! […]

Batafsil
01.10.2026 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK

USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK! O‘zbekiston tennis federatsiyasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Yosh avlodga bilim va tarbiya berish, uning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sharafli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq. Ayniqsa, sportchilarimizning professional kamoloti va yuksak natijalarga erishishida munosib hissa qo‘shayotgan murabbiylarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. […]

Batafsil
26.09.2026 Aichi–Nagoya 2026: O‘zbekiston tennischilarining raqiblari aniqlandi

Aichi–Nagoya 2026: O‘zbekiston tennischilarining raqiblari aniqlandi Aichi–Nagoya 2026 XX Osiyo o‘yinlari tennis musobaqalariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining yakkalik, juftlik va mikst bahslaridagi dastlabki raqiblari ma’lum bo‘ldi. Erkaklar, yakkalik: 🇺🇿 Sergey Fomin [9] — ikkinchi davrada 🇹🇯 Tojikiston vakili Somon Amonovga qarshi. 🇺🇿 Xumoyun Sultonov [14] — ikkinchi davrada 🇨🇳 Xitoy vakili Meng Fanmingga […]

Batafsil
25.09.2026 Respublika tennis olimpiya zaxiralari maktabini boshqarish funksiyasi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga topshirildi

Respublika tennis olimpiya zaxiralari maktabini boshqarish funksiyasi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga topshirildi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–347-sonli “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimizda tennisni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.   Qarorga muvofiq, Sport vazirligining Respublika tennis olimpiya zaxiralari maktabini boshqarish funksiyasi amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda O‘zbekiston tennis […]

Batafsil
25.09.2026 O‘zbekiston tennisida yangi bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 21-sentabr kuni “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–347-son qaror qabul qilindi. Mazkur qaror mamlakatimizda tennisni yangi bosqichga olib chiqish, uning ommaviyligini oshirish, yosh iqtidorlarni aniqlash va professional sportchilarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Qarorga muvofiq, 2030-yilga qadar: 🎾 tennis bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 3 000 nafarga yetkazish; […]

Batafsil
21.09.2026 Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi

Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi Andijon viloyatida 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi ATF 14 & Under (2) turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakkalik bahslarida ham qizlar, ham o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari chempionlikni qo‘lga kiritishdi. 🥇 Qizlar, yakkalik: Odina Xakimova finalda hamyurtimiz Ekaterina Fominani 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibasiga aylandi. 🥇 O‘g‘il bolalar, […]

Batafsil
19.09.2026 PEKINDAGI G‘ALABA

🏆 PEKINDAGI G‘ALABA! 🇺🇿🎾 Danila Kvasov va Akmal Abdullaev Pekinda o‘tkazilgan J300 toifasidagi turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘lishdi! Finalda esa Danila va Akmal 6-raqam ostida saralangan Wonmin Kim 🇰🇷 va Hanlei Lu 🇨🇳 juftligini 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etishdi. Turnir davomida O‘zbekiston juftligi 1- va 3-raqam ostida saralangan juftliklarni ham mag‘lub etib, o‘zining yuqori darajadagi […]

Batafsil
16.09.2026 O‘zbekiston terma jamoalari Singapurda bo‘lib o‘tayotgan WT Asia 12&Under Team Competition 2026 Finals turnirida ishtirok etmoqda

O‘zbekistonning 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar terma jamoalari Singapurda o‘tkazilayotgan WT Asia 12&Under Team Competition 2026 Finals turnirida ishtirok etmoqda. Musobaqa 15-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi va Osiyoning eng kuchli yosh jamoalarini bir maydonga jamlagan nufuzli jamoaviy turnir hisoblanadi. Yosh tennischilarimizga omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Batafsil
16.09.2026 Andijon shahrida ATF 14&Under xalqaro turniri yakunlandi

Andijon shahrida ATF 14&Under xalqaro turniri yakunlandi. Musobaqada O‘zbekistonning yosh tennischilari munosib natijalarni qayd etib, bir nechta chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritishdi. 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar yakkalik bahslarida Milan Zinatulin chempion bo‘ldi. Finalda u Diyorbek Zokirov ustidan 6:1, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi — Diyorbek uchrashuvni davom ettira olmadi. Qizlar yakkalik bahslarida Odina Xakimova chempionlikni qo‘lga […]

Batafsil