Yangiliklar
O‘zbekistonlik tennischi Layma Vladson Turkiyada o‘tayotgan ITF W15 Antalya 3 Women xalqaro turnirining chorak final uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. Chorak final bahsida Layma Vladson italiyalik Anastasiya Bertachchiga qarshi g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, biroq 7-5, 4-6, 6-1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida finalga chiqdi. Kamilla Raximova ispaniyalik tennischi Sara Sorribes Tormo bilan juftlikda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular yarim finalda Veronika Erjavets (Sloveniya) va Sara Rakotomananga Razaon Tiansoa (Fransiya) juftligini 6-2, 6-7, 11-9 hisobida mag‘lub etishdi. Finalda Raximova va Sorribes Tormo Xitoy […]
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi. Raximova va ispaniyalik tennischi Sara Sorribes Tormo dueti chorak finalda sloveniya vakilasi Kaja Juvan hamda polshalik Maja Chvalinska juftligini 6-2, 6-3 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yarim finalda Raximova va Sorribes Tormo Veronika Erjavec (Sloveniya) […]
O‘zbekiston vakilasi Layma Vladson Turkiyada o‘tayotgan ITF W15 Antalya 3 Women xalqaro turnirining ikkinchi bosqichida ishonchli g‘alabaga erishdi. 1/8 final uchrashuvida Layma Vladson germaniyalik tennischi Leone Shuknechtni 6-2, 6-0 hisobida mag‘lub etib, raqibasiga kambek uchun imkon qoldirmadi. Keyingi bosqichda o‘zbekistonlik tennischi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun italiyalik Anastasia Bertacchi ga qarshi kortga chiqadi. […]
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Juftlik bahslarida Kamilla Rahimova ispaniyalik tennischi Sara Sorribes Tormo bilan birgalikda musobaqaning chorak finaliga chiqdi. Ikkinchi davra uchrashuvida duet Xitoy Taypeyi vakillari I Xuan Cho va Yi Tsen Choni 6-4, 6-2 hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Rahimova va […]
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tennis bo‘yicha Devis kubogining Jahon guruhi II pley-off uchrashuvida ishtirok etish uchun Nigeriyaga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik tennischilar Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 7–8 fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tadi va mavsumning muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur bahs katta ahamiyatga ega: qarama-qarshilik g‘olibi keyingi yilda Devis kubogining Jahon […]
O‘zbekistonlik tennischi Keyra Kim Nepalda bo‘lib o‘tgan ITF J60 Kathmandu xalqaro o‘smirlar turnirida finalga chiqdi. Final uchrashuvida o‘zbekistonlik sportchi Janubiy Koreya vakili Sohyon Kimga 6–4, 4–2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda mag‘lubiyatga qaramay, Keyra Kimning Katmandudagi ishtiroki ishonchli va samarali bo‘ldi: J60 toifasidagi turnir finaliga chiqishi uning yuqori salohiyati va xalqaro o‘smirlar […]
O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Kuvaytda bo‘lib o‘tgan ITF M15 Zahra xalqaro turnirida g‘alaba qozonib, yakkalik bahslarida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida Sultonov ishonchli o‘yin namoyish etdi va Shveysariya vakili Luka Shtayxeli ustidan yuqori tayyorgarlik, barqarorlik hamda jangovar ruhni ko‘rsatgan holda g‘alaba qozondi. O‘yin hisobi — 6–4, 6–2. Zahradagi g‘alaba o‘zbekistonlik sportchi uchun […]
Juftlik bahslarining finalida o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov fransiyalik Konstantin Bittun Kuzmin bilan juftlikda Turkiya vakillari Mert Ozdemir va Mert Naci Turkerga qarshi bahs olib bordi. Keskin kechgan uchrashuv uch set davom etdi va 5–7, 6–4, 6–10 hisobida yakunlandi. Humoyun g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, u setlar hisobini tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq hal qiluvchi chempionlik tay-brekida […]
O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov ITF M15 Zahra xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik bahslarida musobaqa finaliga yo‘l oldi. Yarim final uchrashuvida Sultonov Yevgeniy Karlovskiy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 7–6, 6–1. Birinchi set keskin kurashda tay-brekda yakunlandi, shundan so‘ng O‘zbekiston vakili ikkinchi setda o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Turnir finalida Humoyun Sultonov ikkinchi yarim […]
O‘zbekiston vakilasi Keyra Kim Nepalda o‘tayotgan ITF J60 Kathmandu xalqaro o‘smirlar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi. Yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi Hindiston vakilasi Shaivi Gaurav Dalal ustidan irodali g‘alabaga erishdi — 3–6, 6–4, 6–0. Final bahsida Keyra Kim Janubiy Koreya vakilasi Sohyon Kimga qarshi kortga chiqadi. O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi […]
Kuvaytning Jahra shahrida ITF M15 seriyasiga kiruvchi erkaklar turniri davom etmoqda. O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvini ishonchli o‘tkazib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Eng kuchlilar safiga chiqish uchun kechgan bahsda Sultonov Ruminiya vakili Robert Gunu ustidan 6–3, 6–4 hisobida g‘alaba qozondi va uchrashuv davomida barqaror o‘yin namoyish etdi. Humoyun […]
