Yangiliklar
Bugun Farg‘ona shahrida Osiyo tennis federatsiyasi hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ATF Kinder Tennis xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan tashrif buyurgan ko‘plab murabbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida bolalar tennisini rivojlantirish, zamonaviy tayyorgarlik uslublari hamda Kinder Tennis dasturi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar yuqori saviyada, faol va interaktiv […]
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida O‘zbekiston terma jamoasining Billie Jean King Cup musobaqasiga saralash bahslari yakunlandi. Saralashda 8 nafar tennischi ishtirok etib, ular milliy terma jamoadan o‘rin va O‘zbekistonni xalqaro maydonda himoya qilish huquqi uchun kurash olib borishdi. Shiddatli va qiziqarli uchrashuvlar natijasida turnirning eng kuchli ishtirokchilari aniqlandi: 1-o‘rin – Nigina Alimova 2-o‘rin – Fotima Mahmudova […]
Qozog‘istonning Chimkent shahrida 11–23 may kunlari tennis bo‘yicha Billie Jean King Cup Juniors hamda Davis Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying musobaqalari bo‘lib o‘tadi Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoalari ham ishtirok etadi va Osiyo hamda Okeaniyaning kuchli jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Billie Jean King Cup Juniors musobaqasi 11–16 may kunlari, Davis Cup Juniors esa […]
Mariya Timofeeva Istanbul’dagi WTA 125 turniri g‘olibasi! Hamyurtimiz Mariya Timofeeva Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan WTA 125 toifasidagi turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida Mariya turnirning birinchi raqamli tennischisi Donna Vekichni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda ham omad tilaymiz!
9-may – Xotira va qadrlash kuni Bugun biz Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat bilan yodga olamiz. Ularning jasorati, sabr-toqati va matonati har birimiz uchun ibrat maktabidir. O‘zbekiston tennis federatsiyasi ushbu qutlug‘ kunda barcha faxriylarimizga sihat-salomatlik, xonadonlarga tinchlik va farovonlik tilaydi. Xotira abadiy, ehtirom esa muqaddasdir.
Andijonda xalqaro ITF Juniors J30 turniri yakuniga yetdi O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Ukraina vakili Kirill Chystikov turnir g‘olibiga aylandi. Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida esa Qozog‘iston vakilasi Kristina Kruchenko chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida O‘zbekiston vakili Nikita Gafurov Rossiya vakili Ivan Molgin bilan birga birinchi o‘rinni egalladi. Finalda ular Qozog‘iston juftligini 7:6, 6:4 […]
Bugun O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi B. Rahimov raisligida mamlakatda tennisni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ochiq va prinsipial ruhda o‘tdi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar ko‘rib chiqildi hamda qator yo‘nalishlar bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. Federatsiya raisi asosiy masalalarni shaxsan ko‘tardi va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Alohida […]
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Malayziyaning Kuching shahrida o‘tkazilgan ITF World Junior Tennis Competition (WJTC) Asia/Oceania Final Qualifying turnirida ishtirok etdi. Musobaqa davomida jamoamiz kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi. Guruh bosqichida qizlarimiz Yaponiya, Koreya va Gonkong jamoalariga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Keyingi uchrashuvlarda esa jamoamiz Xitoy Taypeyi, Vyetnam va Indoneziya terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, […]
Final bahsida u turnirning birinchi raqamli saralangan tennischisi Timofey Skatovni ishonchli tarzda mag‘lub etdi — 6:3, 7:5. Sergey avval ham Shymkentda g‘olib bo‘lgan, bugun esa yana bu turnirni zabt etib, o‘z darajasini yana bir bor tasdiqladi. Olg‘a, Sergey! Olg‘a, O‘zbekiston!
Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirida O‘zbekiston vakillari — Danila Kvasov va Akmal Abdullaev juftlik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tennischilarimiz turnir davomida ishonchli o‘yin namoyish etib, finalda ham ustunlikni saqlab qolishdi va chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Mazkur muvaffaqiyatda jamoa murabbiyi Aleksey Nomozovning hissasi katta bo‘ldi. O‘zbekiston jamoasini ushbu yorqin g‘alaba bilan […]
Nikita Belozertsev endilikda O‘zbekiston terma jamoasi safida harakat qiladi hamda xalqaro turnirlarda mamlakatimiz bayrog‘i ostida ishtirok etadi. Iqtidorli tennischi o‘z avlodining eng kuchli vakillaridan biri hisoblanadi va o‘smirlar o‘rtasida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Ayni paytda u ITF o‘smirlar jahon reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi. Avval ham sportchi xalqaro turnirlarda barqaror ishtirok etib, ITF o‘smirlar reytingida […]
O‘zbekistonlik yosh tennischi xalqaro maydonda muhim yutuqqa erishdi. U ITF Asia 14&U Development Championships musobaqasining ikkinchi haftasi turnirida g‘olib bo‘ldi. Mazkur turnir mintaqadagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, o‘z darajasi jihatidan deyarli Osiyo chempionatiga tenglashtiriladi. Ushbu natija orqali Saidaslom Osiyo terma jamoasi tarkibiga kiritildi hamda nufuzli musobaqa – 14&U Championships, Wimbledon turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. […]
