Yangiliklar
13–17-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida mamlakatning eng kuchli tennischilarini birlashtirgan O‘zbekiston kubogi–2025 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Andijon viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogi–2025 chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Finalda andijonliklar Toshkent viloyatini 3:0 hisobida mag‘lub etishdi, yarim finalda […]
20–26-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasi kortlarida xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqa ITF World Tennis Tour seriyasiga kiradi. 19-oktabrdan boshlab saralash bahslari start oldi. Ularning yakuniga ko‘ra, turnirning asosiy to‘rida ishtirok etuvchi tennischilar aniqlanadi. Turnirning asosiy bosqichi 21-oktabr kuni boshlanadi va unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan sportchilar reyting ochkolari hamda mukofot […]
13–19-oktabr kunlari Boku (Ozarbayjon) shahrida ITF World Tennis Tour Juniors J30 Baku xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa va Osiyoning o‘nlab mamlakatlaridan eng kuchli yosh tennischilar ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik sportchilar yakkalik va juftlik bahslarida g‘alaba qozonib, yuksak natijalar qayd etishdi. Yakkalik bahslari O‘zbekiston vakili Mahmudbek Beknazarov turnir davomida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, finalda Belarus tennischisi […]
2025-yil 20–26-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasi kortlarida xalqaro tennis turniri ITF W15 Tashkent bo‘lib o‘tadi. Turnir doirasida 24-oktabr kuni soat 14:00 da 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus master-klass tashkil etiladi. Tadbirni dunyoning sobiq birinchi raketkasi, afsonaviy tennischi Dinara Safina olib boradi. 2009-yilda dunyo birinchi raketkasi bo‘lgan, Rossiya faxriy sport ustasi va hozirda telekommentator sifatida faoliyat […]
2025-yil 20-oktabrdan 2-noyabrgacha O‘zbekiston poytaxtida ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turnirlarining ikkita bosqichi ketma-ket o‘tkaziladi. Musobaqalar Olimpiya shaharchasi kortlarida bo‘lib o‘tadi. Birinchi turnir 20–26-oktabr, ikkinchisi esa 27-oktabr – 2-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Har bir turnirning mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Toshkentga 17 ta mamlakatdan — O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya, Belarus, […]
6–12 oktyabr 2025-yil kunlari Boku shahridagi Bakinskiy Tennis Akademiyasi (Ozarbayjon) kortlarida Tennis Europe Junior Tour — Autumn Cup xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa 3-toifa (kategoriya 3) darajasidagi turnir bo‘lib, unda Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlaridan 163 nafar yosh tennischi ishtirok etdi. Juftlik bahslari (BD14) 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida O‘zbekiston vakili […]
O‘zbekiston tennis federatsiyasi tennis faxriysi, murabbiy va sport ishqibozi Nikolay Nikolaevich Shutovni 85 yoshlik yubileyi bilan chin dildan tabriklaydi. U o‘z hayotining oltmish yildan ortig‘ini mamlakatimizda tennis sportining rivojiga bag‘ishlagan. Uning hayot yo‘li — bu sportga sadoqat, fidoyilik va sevimli ishiga mehr bilan xizmat qilishning yorqin namunasi. 1960-yillarning boshidan boshlab Nikolay Nikolaevich o‘zbek tennisi shakllanishining […]
6–12 oktyabr 2025-yillar oralig‘ida Farg‘ona shahrida ITF World Tennis Tour Juniors — J200 Fergana HAYOT BANK CUP xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 10 dan ortiq davlatdan kelgan eng kuchli yosh tennischilarni bir joyga to‘pladi. Turnir Markaziy Osiyodagi ITF yoshlar taqvimi doirasidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, ishtirokchilarga muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish va jahon reytingidagi o‘rnini […]
29 sentabrdan 5 oktyabrgacha Farg‘ona shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli yosh tennischilar ishtirokidagi ITF World Tennis Tour Juniors — J100 Fergana HAYOT BANK CUP xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Isroil, Chexiya, Tojikiston, AQSh, Vengriya, Ukraina va Moldova kabi 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Turnir Xalqaro Tennis Federatsiyasi (ITF)ning […]
29 sentabrdan 5 oktyabrgacha Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Boku Tennis Akademiyasi kortlarida 14 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli yosh tennischilar ishtirokida Tennis Europe Junior Tour – Remembrance Day (3-toifa) xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Saidislam Farhodov musobaqada ishonchli o‘yin namoyish etib, BS14 yakkalik yo‘nalishida finalga chiqdi. Finalgacha bo‘lgan yo‘lda u quyidagi raqiblarini mag‘lub etdi: • Aleksandr […]
20–26 sentabr kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yosh tennischilarini jamlagan xalqaro ATF 14&U Ramis Open turniri bo‘lib o‘tdi. Yakkalik finalda o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘zbekistonlik Milan Zinatullin o‘z vatandoshi Abdulaziz Axatovni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioni bo‘ldi. Final yo‘lida Milan Zinatullin yarim finalda qozog‘istonlik Artemiy Talkozni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Abdulaziz Axatov esa […]
23–26 sentabr kunlari Namangan shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng kuchli yosh tennischilarini jamlagan xalqaro ATF 14&U Andijan turniri bo‘lib o‘tdi. Yakkalik finallari • O‘g‘il bolalar orasida Saidaslom Farhodov Azamjon Ziyatovni 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. • Qizlar orasida Mumtozbegim Akramova Yuliana Ennni 6:1, 6:2 hisobida yengdi. Juftlik finallari • O‘g‘il bolalar orasida O‘zbekiston […]
