Yangiliklar

27.01.2026 Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli turnirda ishonchli start oldi

Fransiyada Yevropaning eng nufuzli o‘smirlar turnirlaridan biri Tennis Europe Junior Tour taqvimiga kiritilgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov ishtirok etib, ishonchli va yetuk o‘yin namoyish etmoqda.   O‘zbekistonlik tennischi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, turnirning asosiy to‘riga yo‘l oldi. Birinchi davra uchrashuvida Saidaslam Niderlandiya vakili, turnirning […]

Batafsil
26.01.2026 Kamilla Rahimova Australian Open’ning juftlik bahslarida ishtirokini yakunladi

Australian Open turnirining ikkinchi davrasida Kamilla Rahimova rossiyalik Anna Blinkova bilan juftlikda AQSH vakillalari Hayli Baptist va Peyton Sterns juftligiga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 1 soat 11 daqiqa davom etdi va 6–3, 6–4 hisobi bilan yakunlandi.   Kamilla Rahimovaning Katta dubulg‘a turniri asosiy setkasida juftlik bahslaridagi ishtiroki mavsum uchun muhim bosqich bo‘ldi hamda jahon tennisining eng […]

Batafsil
24.01.2026 Kamilla Rahimova Australian Open’ning juftlik bahslarida muvaffaqiyatli start oldi

Birinchi davra uchrashuvida Kamilla Rahimova rossiyalik Anna Blinkova bilan juftlikda Xitoy vakillalari Hao-Ching Chan va Sinyu Jiang duetiga qarshi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bahs juda keskin kechdi va 2 soat 42 daqiqa davom etdi. Uchrashuv 3–6, 7–5, 7–6 (10) hisobi bilan Rahimova va Blinkova foydasiga yakunlandi.   Birinchi setni boy bergan o‘zbek-rus dueti uchrashuv borishini […]

Batafsil
21.01.2026 Polina Kudermetova Australian Open’da daniyalik raqibaga qarshi uch setlik bahs o‘tkazdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi. U ikkinchi davrada Daniya vakilasi, jahon reytingida 14-o‘rinda turgan Klara Tausonga mag‘lub bo‘ldi.   Uchrashuv 1 soat 53 daqiqa davom etdi va keskin kurash ostida kechdi. Polina ikkinchi setni o‘z foydasiga hal qildi va ijobiy natijaga juda yaqin bo‘ldi, biroq hal qiluvchi setda raqiba o‘yinni o‘z foydasiga […]

Batafsil
20.01.2026 Polina Kudermetovaning Australian Open turniridagi ikkinchi bosqichi sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open turniridagi ishtirokini davom ettiradi va 21-yanvar kuni ikkinchi bosqichni o’tkazadi.   Polinaning raqibasi Daniya vakilasi Klara Tauson, jahon reytingida 14-o‘rin sohibasi. Birinchi davrada Tauson vengriyalik tennischi Dalma Galfini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.   Polina Kudermetova va Klara Tauson o‘rtasidagi uchrashuv taxminan Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishi rejalashtirilgan […]

Batafsil
19.01.2026 O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farhodov Qozog‘istondagi Tennis Europe turniri yarim finalchisi

O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farhodov Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida bo‘lib o‘tgan Tennis Europe 14&Under G3 Petropavlovsk xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.   Asosiy setkaning chorak final uchrashuvida Farhodov Rossiya vakili Timofey Osipovni 6–1, 6–1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida u barqaror va yetuk o‘yin namoyish qilib, Tennis […]

Batafsil
19.01.2026 Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi. U ikkinchi davra uchrashuvida jahon tennisining yetakchilaridan biri, WTA reytingida uchinchi o‘rinda turgan Koko Gauffga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv hisobi 6–2, 6–3.   Bellashuv 19-yanvar kuni turnirning asosiy arenasi Rod Laver Arenada bo‘lib o‘tdi. Bu maydonda an’anaviy ravishda Australian Open’ning eng muhim uchrashuvlari o‘tkaziladi. Rahimova uchrashuv […]

Batafsil
18.01.2026 Polina Kudermetova Australian Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open turnirining birinchi bosqichida ispaniyalik Giyomar Maristani Suleta de Realesni 6–2, 6–3 hisobida mag‘lub etdi.   Uchrashuv 1 soat 21 daqiqa davom etdi.   2026 yilda tennis bo’yicha Avstraliya Ochiq chempionatining sovrin jamg’armasi 111,5 million Avstraliya dollarini tashkil etdi, bu taxminan 75 million AQSh dollariga teng.     O‘zbekiston Tennis […]

Batafsil
16.01.2026 Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova Australian Open asosiy setkasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik tennischilar Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova Melburnda bo‘lib o‘tayotgan Australian Open turnirining asosiy setkasiga kiritildi.   Birinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 91-o‘rinda turgan Kamilla Rahimova AQSh vakilasi, jahonning uchinchi raketkasi Koko Goffga qarshi kortga chiqadi. Rahimova uchun bu “Katta Dubulg‘a” turniridagi mavsum startida muhim sinov bo‘ladi.   WTA reytingida 150-o‘rinda joylashgan Polina Kudermetova esa […]

Batafsil
10.01.2026 Kamilla Rahimova Adelaidadagi WTA 500 turniri saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Avstraliyaning Adelaida shahrida o‘tayotgan WTA 500 turkumidagi turnirning saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, musobaqaning asosiy to‘riga yo‘l oldi.   Saralashning hal qiluvchi uchrashuvida Rahimova Xitoy vakilasi Chjan Shay ustidan iroda va xarakter namoyish etib, 7–5, 5–7, 6–4 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs juda keskin va uzoq davom etdi: Kamilla birinchi setni ishonchli tarzda […]

Batafsil
10.01.2026 Polina Kudermetova Kanberradagi turnir finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Avstraliyaning Kanberra shahrida o‘tayotgan Workday Canberra International turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, barqaror va ishonchli o‘yini evaziga musobaqa finaliga chiqdi.   Hal qiluvchi uchrashuvga qadar Kudermetova qator muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. 1/8 final bosqichida u serbiyalik Lola Radivoyevichni 6-3, 7-6 (1) hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Polina Xitoy vakilasi Yue Yuan ustidan […]

Batafsil
07.01.2026 Sergey Fomin Tailanddagi ATP Challenger turnirining chorak finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Tailandning Nonthaburi shahrida o‘tayotgan ATP Challenger toifasidagi turnirda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, musobaqaning chorak final bosqichiga chiqdi.   O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 22 yoshli fransiyalik tennischi Rober Bertrandga qarshi bahsda ishonchli o‘yin namoyish etib, 2-0 hisobida (6-3, 6-4) g‘alaba qozondi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv oldidan Bertrand ATP reytingida 302-o‘rinni egallab turgan […]

Batafsil