Yangiliklar

05.02.2026 Kamilla Rahimova Ruminiyadagi WTA 250 turnirining juftlik bahslarida chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.   Juftlik bahslarida Kamilla Rahimova ispaniyalik tennischi Sara Sorribes Tormo bilan birgalikda musobaqaning chorak finaliga chiqdi. Ikkinchi davra uchrashuvida duet Xitoy Taypeyi vakillari I Xuan Cho va Yi Tsen Choni 6-4, 6-2 hisobida mag‘lub etdi.   Chorak finalda Rahimova va […]

Batafsil
03.02.2026 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Devis kubogi uchrashuvi uchun Nigeriyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tennis bo‘yicha Devis kubogining Jahon guruhi II pley-off uchrashuvida ishtirok etish uchun Nigeriyaga yo‘l oldi.   O‘zbekistonlik tennischilar Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 7–8 fevral kunlari Lagos shahrida bo‘lib o‘tadi va mavsumning muhim bosqichi hisoblanadi.   Mazkur bahs katta ahamiyatga ega: qarama-qarshilik g‘olibi keyingi yilda Devis kubogining Jahon […]

Batafsil
03.02.2026 Keyra Kim Katmanduda o‘tkazilgan ITF J60 turniri finalchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Keyra Kim Nepalda bo‘lib o‘tgan ITF J60 Kathmandu xalqaro o‘smirlar turnirida finalga chiqdi.   Final uchrashuvida o‘zbekistonlik sportchi Janubiy Koreya vakili Sohyon Kimga 6–4, 4–2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.   Hal qiluvchi bahsda mag‘lubiyatga qaramay, Keyra Kimning Katmandudagi ishtiroki ishonchli va samarali bo‘ldi: J60 toifasidagi turnir finaliga chiqishi uning yuqori salohiyati va xalqaro o‘smirlar […]

Batafsil
03.02.2026 Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tkazilgan ITF M15 turniri g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Kuvaytda bo‘lib o‘tgan ITF M15 Zahra xalqaro turnirida g‘alaba qozonib, yakkalik bahslarida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.   Final uchrashuvida Sultonov ishonchli o‘yin namoyish etdi va Shveysariya vakili Luka Shtayxeli ustidan yuqori tayyorgarlik, barqarorlik hamda jangovar ruhni ko‘rsatgan holda g‘alaba qozondi. O‘yin hisobi — 6–4, 6–2.   Zahradagi g‘alaba o‘zbekistonlik sportchi uchun […]

Batafsil
03.02.2026 Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tayotgan ITF M15 juftlik turniri finalchisi bo‘ldi

Juftlik bahslarining finalida o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov fransiyalik Konstantin Bittun Kuzmin bilan juftlikda Turkiya vakillari Mert Ozdemir va Mert Naci Turkerga qarshi bahs olib bordi. Keskin kechgan uchrashuv uch set davom etdi va 5–7, 6–4, 6–10 hisobida yakunlandi.   Humoyun g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, u setlar hisobini tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq hal qiluvchi chempionlik tay-brekida […]

Batafsil
03.02.2026 Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tayotgan ITF M15 turniri finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov ITF M15 Zahra xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik bahslarida musobaqa finaliga yo‘l oldi.   Yarim final uchrashuvida Sultonov Yevgeniy Karlovskiy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 7–6, 6–1. Birinchi set keskin kurashda tay-brekda yakunlandi, shundan so‘ng O‘zbekiston vakili ikkinchi setda o‘yinni to‘liq nazorat qildi.   Turnir finalida Humoyun Sultonov ikkinchi yarim […]

Batafsil
31.01.2026 Keyra Kim Katmandudagi ITF J60 turniri finaliga chiqdi

O‘zbekiston vakilasi Keyra Kim Nepalda o‘tayotgan ITF J60 Kathmandu xalqaro o‘smirlar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.   Yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi Hindiston vakilasi Shaivi Gaurav Dalal ustidan irodali g‘alabaga erishdi — 3–6, 6–4, 6–0. Final bahsida Keyra Kim Janubiy Koreya vakilasi Sohyon Kimga qarshi kortga chiqadi.     O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi […]

Batafsil
31.01.2026 Humoyun Sultonov Kuvaytdagi turnirda yakkalik bahslarida yarim finalga, juftlikda esa finalga chiqdi

Kuvaytning Jahra shahrida ITF M15 seriyasiga kiruvchi erkaklar turniri davom etmoqda.   O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvini ishonchli o‘tkazib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Eng kuchlilar safiga chiqish uchun kechgan bahsda Sultonov Ruminiya vakili Robert Gunu ustidan 6–3, 6–4 hisobida g‘alaba qozondi va uchrashuv davomida barqaror o‘yin namoyish etdi.   Humoyun […]

Batafsil
30.01.2026 Saidaslam Farhodov Fransiyadagi turnirdagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov Fransiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson nufuzli turnirida o‘z ishtirokini yakunladi. U Ispaniya vakili Pablo Ximenes Romanga 6–3, 6–4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.   Mazkur nufuzli turnirda ikkinchi bosqichgacha yetib borishi sportchining jiddiy tayyorgarligi va mustahkam iroda kuchiga ega ekanidan dalolat beradi.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi […]

Batafsil
28.01.2026 Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli yoshi kichiklar turnirida yetakchilardan birini mag‘lub etdi

Fransiyada o‘tayotgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson turnirida o‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov 14 yoshgacha bo‘lgan Fransiyaning eng kuchli tennischilaridan birini 6–4, 4–6, 6–2 hisobida mag‘lub etdi.   Farhodov uchrashuvni ishonch bilan boshladi va birinchi setni yutdi, ikkinchi setda teng kurashda imkoniyatni boy berdi, hal qiluvchi setda esa o‘yinning borishini o‘z foydasiga burib, bahsni g‘alaba […]

Batafsil
28.01.2026 Humoyun Sultonov Jahra shahridagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi

Quvaytning Jahra shahrida M15 toifasidagi tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda.   O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Sportchi 1/16 final bosqichida Turkiya vakili Koray Kirchi bilan kortga chiqdi. Birinchi set Sultonov foydasiga 6–1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi setda esa Koray uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu paytga kelib Humoyun 4–1 hisobida oldinda borayotgan […]

Batafsil
28.01.2026 O‘zbekistonlik tennischi ATF va ITF jamoasi tarkibida Hindistondagi turnirlar seriyasida ishtirok etdi

GSPDP/ITF/ATF jamoasi ITF World Tennis Tour Juniors doirasidagi ketma-ket uchta turnirda ishtirok etish uchun Hindistonga yo‘l oldi.   Jamoa tarkibiga to‘rt nafar o‘g‘il bolalar Mahmudbek Beknazarov (O‘zbekiston), Dongjae Kim va Junseo Jang (Koreya), Rafalentino Alida Kosta (Indoneziya), shuningdek ikki nafar qizlar — Yeri Hong (Koreya) va Yen Ni Chiang (Xitoy Taypeyi) kiritildi. Jamoaga murabbiylar Shivika […]

Batafsil