Live Stream Tennis

Yangiliklar

24.10.2025 O‘zbekistonlik tennischilar ITF J60 Baku turnirida muvaffaqiyat qozonishdi

2025-yil 20–26-oktabr kunlari Boku, Ozarbayjon shahrida o‘tkazilayotgan ITF World Tennis Tour Juniors J60 Baku xalqaro o‘smirlar turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik tennischi ajoyib natijalarni qayd etib, mamlakatimiz sportchilari tayyorgarligining yuqori darajasini yana bir bor tasdiqladi. Juftlik bahslarida g‘alaba O‘zbekistonlik duet — Danila Kvasov va Ahmadjon Toshmuhamedov juftlik bahslarida g‘alaba qozonib, turnir chempionlari bo‘lishdi. Ular finalda Rossiya […]

Batafsil
24.10.2025 O‘zbekistonlik tennischilar ATF 14&U Dubai turnirida g‘olib chiqishdi

2025-yil 11–17-oktabr kunlari Dubay shahrida (BAA) ATF 14&U Dubai, 2-darajali xalqaro yoshlar tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Turnir Osiyo va Yevropaning eng kuchli yosh tennischilarini birlashtirdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yosh sportchilar musobaqada ajoyib natijalar ko‘rsatishdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida o‘zbekistonlik Azamjon Ziyatov va Abdulazizi Axatov finalda Gonkong vakillari Daniel Mo va Lok Chu duetini […]

Batafsil
22.10.2025 ITF W15 Tashkent turnirining eng yosh ishtirokchisi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva

Toshkentda o‘tkazilayotgan xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent musobaqasining eng yosh ishtirokchisi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva, endilikda u O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Yosh sportchi 2010-yil 25-iyulda tug‘ilgan bo‘lib, hozirdanoq nafaqat yoshlar, balki kattalar o‘rtasidagi turnirlarda ham ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Aleksandra 2025-yilda kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘z debyutini amalga oshirgan. Uning ITF W15 Tashkent […]

Batafsil
22.10.2025 Mariya Timofeyeva xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Tennischi Mariya Timofeyeva endilikda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi. Tegishli o‘zgarishlar allaqachon uning profili orqali Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) rasmiy saytida kiritilgan. 21 yoshli sportchi hozirda WTA jahon reytingida 146-o‘rinda joylashgan, uning eng yuqori natijasi — 2023-yil avgust oyida erishilgan 93-o‘rin. O‘tgan hafta Mariya Portugaliyada bo‘lib o‘tgan ITF W75 Quinta do Lago turnirida g‘alaba qozonib, […]

Batafsil
21.10.2025 Andijon viloyati — O‘zbekiston kubogi 2025 g‘olibi!

13–17-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida mamlakatning eng kuchli tennischilarini birlashtirgan O‘zbekiston kubogi–2025 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Andijon viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogi–2025 chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Finalda andijonliklar Toshkent viloyatini 3:0 hisobida mag‘lub etishdi, yarim finalda […]

Batafsil
20.10.2025 Toshkentda xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent boshlandi

20–26-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasi kortlarida xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqa ITF World Tennis Tour seriyasiga kiradi. 19-oktabrdan boshlab saralash bahslari start oldi. Ularning yakuniga ko‘ra, turnirning asosiy to‘rida ishtirok etuvchi tennischilar aniqlanadi. Turnirning asosiy bosqichi 21-oktabr kuni boshlanadi va unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan sportchilar reyting ochkolari hamda mukofot […]

Batafsil
20.10.2025 O‘zbekistonlik tennischilar ITF Juniors turnirida chempion bo‘lishdi

13–19-oktabr kunlari Boku (Ozarbayjon) shahrida ITF World Tennis Tour Juniors J30 Baku xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa va Osiyoning o‘nlab mamlakatlaridan eng kuchli yosh tennischilar ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik sportchilar yakkalik va juftlik bahslarida g‘alaba qozonib, yuksak natijalar qayd etishdi. Yakkalik bahslari O‘zbekiston vakili Mahmudbek Beknazarov turnir davomida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, finalda Belarus tennischisi […]

Batafsil
19.10.2025 Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Dinara Safina Toshkentda bolalar uchun master-klass o‘tkazadi

2025-yil 20–26-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasi kortlarida xalqaro tennis turniri ITF W15 Tashkent bo‘lib o‘tadi. Turnir doirasida 24-oktabr kuni soat 14:00 da 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus master-klass tashkil etiladi. Tadbirni dunyoning sobiq birinchi raketkasi, afsonaviy tennischi Dinara Safina olib boradi. 2009-yilda dunyo birinchi raketkasi bo‘lgan, Rossiya faxriy sport ustasi va hozirda telekommentator sifatida faoliyat […]

Batafsil
18.10.2025 Toshkentda xalqaro ayollar turniri ITF W15 Tashkent start oldi

2025-yil 20-oktabrdan 2-noyabrgacha O‘zbekiston poytaxtida ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turnirlarining ikkita bosqichi ketma-ket o‘tkaziladi. Musobaqalar Olimpiya shaharchasi kortlarida bo‘lib o‘tadi. Birinchi turnir 20–26-oktabr, ikkinchisi esa 27-oktabr – 2-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Har bir turnirning mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Toshkentga 17 ta mamlakatdan — O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya, Belarus, […]

Batafsil
17.10.2025 Saidaslam Farxhodov Bakuda bo‘lib o‘tgan Tennis Europe Autumn Cup turnirining juftlik chempioni bo‘ldi

6–12 oktyabr 2025-yil kunlari Boku shahridagi Bakinskiy Tennis Akademiyasi (Ozarbayjon) kortlarida Tennis Europe Junior Tour — Autumn Cup xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa 3-toifa (kategoriya 3) darajasidagi turnir bo‘lib, unda Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlaridan 163 nafar yosh tennischi ishtirok etdi. Juftlik bahslari (BD14) 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida O‘zbekiston vakili […]

Batafsil
13.10.2025 Tennis faxriysi Nikolay Nikolaevich Shutovni 85 yosh yubileyi bilan tabriklaymiz

O‘zbekiston tennis federatsiyasi tennis faxriysi, murabbiy va sport ishqibozi Nikolay Nikolaevich Shutovni 85 yoshlik yubileyi bilan chin dildan tabriklaydi. U o‘z hayotining oltmish yildan ortig‘ini mamlakatimizda tennis sportining rivojiga bag‘ishlagan. Uning hayot yo‘li — bu sportga sadoqat, fidoyilik va sevimli ishiga mehr bilan xizmat qilishning yorqin namunasi. 1960-yillarning boshidan boshlab Nikolay Nikolaevich o‘zbek tennisi shakllanishining […]

Batafsil
13.10.2025 J200 Fergana HAYOT BANK CUP turniri g‘oliblari aniqlandi

6–12 oktyabr 2025-yillar oralig‘ida Farg‘ona shahrida ITF World Tennis Tour Juniors — J200 Fergana HAYOT BANK CUP xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 10 dan ortiq davlatdan kelgan eng kuchli yosh tennischilarni bir joyga to‘pladi. Turnir Markaziy Osiyodagi ITF yoshlar taqvimi doirasidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, ishtirokchilarga muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish va jahon reytingidagi o‘rnini […]

Batafsil