Yangiliklar

30.01.2026 Saidaslam Farhodov Fransiyadagi turnirdagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov Fransiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson nufuzli turnirida o‘z ishtirokini yakunladi. U Ispaniya vakili Pablo Ximenes Romanga 6–3, 6–4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.   Mazkur nufuzli turnirda ikkinchi bosqichgacha yetib borishi sportchining jiddiy tayyorgarligi va mustahkam iroda kuchiga ega ekanidan dalolat beradi.     O‘zbekiston tennis federatsiyasi […]

Batafsil
28.01.2026 Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli yoshi kichiklar turnirida yetakchilardan birini mag‘lub etdi

Fransiyada o‘tayotgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson turnirida o‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov 14 yoshgacha bo‘lgan Fransiyaning eng kuchli tennischilaridan birini 6–4, 4–6, 6–2 hisobida mag‘lub etdi.   Farhodov uchrashuvni ishonch bilan boshladi va birinchi setni yutdi, ikkinchi setda teng kurashda imkoniyatni boy berdi, hal qiluvchi setda esa o‘yinning borishini o‘z foydasiga burib, bahsni g‘alaba […]

Batafsil
28.01.2026 Humoyun Sultonov Jahra shahridagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi

Quvaytning Jahra shahrida M15 toifasidagi tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda.   O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Sportchi 1/16 final bosqichida Turkiya vakili Koray Kirchi bilan kortga chiqdi. Birinchi set Sultonov foydasiga 6–1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi setda esa Koray uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu paytga kelib Humoyun 4–1 hisobida oldinda borayotgan […]

Batafsil
28.01.2026 O‘zbekistonlik tennischi ATF va ITF jamoasi tarkibida Hindistondagi turnirlar seriyasida ishtirok etdi

GSPDP/ITF/ATF jamoasi ITF World Tennis Tour Juniors doirasidagi ketma-ket uchta turnirda ishtirok etish uchun Hindistonga yo‘l oldi.   Jamoa tarkibiga to‘rt nafar o‘g‘il bolalar Mahmudbek Beknazarov (O‘zbekiston), Dongjae Kim va Junseo Jang (Koreya), Rafalentino Alida Kosta (Indoneziya), shuningdek ikki nafar qizlar — Yeri Hong (Koreya) va Yen Ni Chiang (Xitoy Taypeyi) kiritildi. Jamoaga murabbiylar Shivika […]

Batafsil
27.01.2026 Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli turnirda ishonchli start oldi

Fransiyada Yevropaning eng nufuzli o‘smirlar turnirlaridan biri Tennis Europe Junior Tour taqvimiga kiritilgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov ishtirok etib, ishonchli va yetuk o‘yin namoyish etmoqda.   O‘zbekistonlik tennischi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, turnirning asosiy to‘riga yo‘l oldi. Birinchi davra uchrashuvida Saidaslam Niderlandiya vakili, turnirning […]

Batafsil
26.01.2026 Kamilla Rahimova Australian Open’ning juftlik bahslarida ishtirokini yakunladi

Australian Open turnirining ikkinchi davrasida Kamilla Rahimova rossiyalik Anna Blinkova bilan juftlikda AQSH vakillalari Hayli Baptist va Peyton Sterns juftligiga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 1 soat 11 daqiqa davom etdi va 6–3, 6–4 hisobi bilan yakunlandi.   Kamilla Rahimovaning Katta dubulg‘a turniri asosiy setkasida juftlik bahslaridagi ishtiroki mavsum uchun muhim bosqich bo‘ldi hamda jahon tennisining eng […]

Batafsil
24.01.2026 Kamilla Rahimova Australian Open’ning juftlik bahslarida muvaffaqiyatli start oldi

Birinchi davra uchrashuvida Kamilla Rahimova rossiyalik Anna Blinkova bilan juftlikda Xitoy vakillalari Hao-Ching Chan va Sinyu Jiang duetiga qarshi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bahs juda keskin kechdi va 2 soat 42 daqiqa davom etdi. Uchrashuv 3–6, 7–5, 7–6 (10) hisobi bilan Rahimova va Blinkova foydasiga yakunlandi.   Birinchi setni boy bergan o‘zbek-rus dueti uchrashuv borishini […]

Batafsil
21.01.2026 Polina Kudermetova Australian Open’da daniyalik raqibaga qarshi uch setlik bahs o‘tkazdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi. U ikkinchi davrada Daniya vakilasi, jahon reytingida 14-o‘rinda turgan Klara Tausonga mag‘lub bo‘ldi.   Uchrashuv 1 soat 53 daqiqa davom etdi va keskin kurash ostida kechdi. Polina ikkinchi setni o‘z foydasiga hal qildi va ijobiy natijaga juda yaqin bo‘ldi, biroq hal qiluvchi setda raqiba o‘yinni o‘z foydasiga […]

Batafsil
20.01.2026 Polina Kudermetovaning Australian Open turniridagi ikkinchi bosqichi sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open turniridagi ishtirokini davom ettiradi va 21-yanvar kuni ikkinchi bosqichni o’tkazadi.   Polinaning raqibasi Daniya vakilasi Klara Tauson, jahon reytingida 14-o‘rin sohibasi. Birinchi davrada Tauson vengriyalik tennischi Dalma Galfini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.   Polina Kudermetova va Klara Tauson o‘rtasidagi uchrashuv taxminan Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishi rejalashtirilgan […]

Batafsil
19.01.2026 O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farhodov Qozog‘istondagi Tennis Europe turniri yarim finalchisi

O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farhodov Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida bo‘lib o‘tgan Tennis Europe 14&Under G3 Petropavlovsk xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.   Asosiy setkaning chorak final uchrashuvida Farhodov Rossiya vakili Timofey Osipovni 6–1, 6–1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida u barqaror va yetuk o‘yin namoyish qilib, Tennis […]

Batafsil
19.01.2026 Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi. U ikkinchi davra uchrashuvida jahon tennisining yetakchilaridan biri, WTA reytingida uchinchi o‘rinda turgan Koko Gauffga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv hisobi 6–2, 6–3.   Bellashuv 19-yanvar kuni turnirning asosiy arenasi Rod Laver Arenada bo‘lib o‘tdi. Bu maydonda an’anaviy ravishda Australian Open’ning eng muhim uchrashuvlari o‘tkaziladi. Rahimova uchrashuv […]

Batafsil
18.01.2026 Polina Kudermetova Australian Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open turnirining birinchi bosqichida ispaniyalik Giyomar Maristani Suleta de Realesni 6–2, 6–3 hisobida mag‘lub etdi.   Uchrashuv 1 soat 21 daqiqa davom etdi.   2026 yilda tennis bo’yicha Avstraliya Ochiq chempionatining sovrin jamg’armasi 111,5 million Avstraliya dollarini tashkil etdi, bu taxminan 75 million AQSh dollariga teng.     O‘zbekiston Tennis […]

Batafsil